O‘zbekistonda jismoniy shaxslarda qancha avtomobil borligi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston jismoniy shaxslarning avtomobillari soni 2020 yil 1 oktyabr holatiga 3 083849 tani tashkil qilyapti. Bu haqda bugun, 27 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mita yig‘ilishida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Azizbek Ikromov ma’lum qildi.

Vazir o‘rinbosari 2018-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasi ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot bergan.

Qayd etilishicha, bugungi kunda O‘zbekiston hududida 42869 km uzunlikdagi yo‘llar mavjud. Shundan xalqaro ahamiyatdagi yo‘llar 3993 km, davlat ahamiyatidagi yo‘llar 14203 km va mahalliy ahamiyatdagi yo‘llar 24673 kmni tashkil qiladi.

Vazir o‘rinbosarining ta’kidlashicha, 2020 yil 1 oktyabr holatiga jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalari soni 3 083 849 tani tashkil qilyapti. Shundan eng ko‘p avtotransport vositalari soni Toshkent shahri (487 507 ta), Samarqand viloyati (366 558 ta) hamda Toshkent viloyati(299 801 ta) hududlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Axborotda qayd etilganidek, respublikadagi yo‘l patrul xizmat maskanlarida davlat raqamini aniqlovchi kameralar 91 ta, kuzatuv kameralari 95 ta, onlayn rejimda ishlovchi fotoradarlar 183 ta, chorrahalardagi qoidabuzarlikni aniqlovchi kameralar 386 ta, kuzatuv kameralari esa 1154 tani tashkil qildi.


Maqola muallifi

Teglar

avtomobil'

Baholaganlar

581

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing