O‘zbekistonda jinoyatlar soni keskin oshgan

Jamiyat

image

Joriy yilning dastlabki 5 oyida O‘zbekistonda 17 271 ta jinoyat qayd etildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5 100 taga (41,9 foizga) ko‘p.

Shu jumladan, bezorilik holatlari soni 2,5 barobarga (2019 yilda 153 ta, 2020 yilda 385 ta), firibgarlik  (2019 yilda 1 324 ta, 2020 yilda 2 712 ta), poraxo‘rlik bilan bog‘liq jinoyatlar 2 barobarga oshgan. Bosqinchilik va o‘g‘irlik jinoyatlari ham ko‘paygan.

Hududlar kesimida jinoyatlarning oshishi Toshkent shahri, Farg‘ona, Samarqand, Andijon va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri keladi. Masalan, joriy yilning o‘tgan 5 oyida Farg‘ona viloyatida 2 575 ta jinoyat qayd etildi. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 barobar ko‘p demakdir. Ushbu hududda hisobot davrida o‘g‘irlik va talonchilik 2,5 barobarga oshgan.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat

Baholaganlar

186

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing