O‘zbekistonda zararli organizmlardan holi hududlar belgilanadi

Jamiyat

image

Vazirlar Mahkamasining “Zararli organizmlardan xoli hududlar va zararli organizmlar miqdori kam bo‘lgan hududlarni belgilash tartibi to‘g‘risidagi hamda o‘simliklar karantini ob’ektini yo‘q qilish va uning o‘chog‘ini bartaraf etish dasturini ishlab chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 695-son qarori qabul qilindi.

Hujjat “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq qabul qilingan.

Qaror bilan Zararli organizmlardan xoli hududlar va zararli organizmlar miqdori kam bo‘lgan hududlarni belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unda quyidagi mexanizmlar belgilandi:

•    eksport qiluvchi mamlakatning zararli organizmlardan xoli bo‘lgan hududlari hamda zararli organizmlar miqdori kam bo‘lgan hududlaridan karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirishda fitosanitariya xavfini boshqarish;
•    O‘zbekiston Respublikasida zararli organizmlardan xoli bo‘lgan hududlar va zararli organizmlar miqdori kam bo‘lgan hududlarni belgilash;
•    xorijiy mamlakatlardagi toza hududlar hamda kam zararlangan hududlarni tan olish.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasiga quyidagi vazifalar topshirildi:

•    aholi, shu jumladan, tadbirkorlik sub’ektlari orasida muntazam ravishda o‘simliklar karantini tartibi bilan tanishtirish va ularni tushuntirish yuzasidan tizimli targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish;
•    O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Milliy axborot agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning maqsadi hamda mazmun-mohiyati OAVda keng yoritilishini ta’minlash;
•    manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-xuquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirish.

Shuningdek hujjat bilan O‘simliklar karantini ob’ektini yo‘q qilish va uning o‘chog‘ini bartaraf etish dasturini ishlab chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Ushbu dasturning amalga oshirilishi hududlarga zararli organizmlardan xoli bo‘lgan hudud yoki zararli organizmlar miqdori kam bo‘lgan hudud maqomini belgilash uchun imkoniyat yaratadi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.11.2020 yildan kuchga kirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi

Baholaganlar

110

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing