O‘zbekistonda yo‘l qurilishi uchun ajratilgan byudjet mablag‘lari talon –toroj bo‘layotgani aytildi
Jamiyat
−
07 noyabr 2020
3811Avval xabar berganimizdek, ayni paytda Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchiligida korrupsiya holatlari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Bosh prokuror transport sohasiga to‘xtalib o‘tar ekan, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning sabab va shart - sharoitlari bartaraf etilmaganligini ko‘rsatib o‘tdi. Bu haqda Qalampir.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, so‘nggi ikki yilda Transport vazirligi va sohadagi korxonalar xodimlaridan 57 nafari korrupsiyaviy jinoyatlarga qo‘l urgan.
Tahlillarga ko‘ra, tizimda yo‘l qurilishi uchun ajratilgan byudjet mablag‘larini talon - toroj qilish, yo‘lovchi va yuk tashish xizmatidan tushgan pullarni o‘zlashtirish bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilmoqda.
“Misol uchun, “Kattaqo‘rg‘on tuman yo‘llardan foydalanish” korxonasi direktori R. bosh hisobchi Sh. hamda muqaddam shu korxonada sodir etgan qator jinoyatlari uchun sudlanib, korxonada faoliyatini yana davom ettirib kelayotgan jinoiy sheriklari bilan til biriktirib, umuman ta’mir ko‘rmagan 20 ta yo‘lni ta’mirdan chiqarganliklari haqida qalbaki hujjatlarni tuzib, 2,4 mlrd. so‘m byudjet mablag‘larini o‘margan”, dedi Bosh prokuror.
LiveBarchasi