O‘zbekistonda yil boshidan beri YTH sodir qilgan 173 kishi qamaldi

3-sahifa

image

O‘zbekistonda 2025 yilning I choragi davomida yo‘l-transport hodisasi sodir etishi oqibatida 173 kishi qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.

Bildirilishicha, 2024 yil davomida Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan 3 321 nafar shaxs sudlanib, ularning 917 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 2 404 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.

Joriy yilning I choragi mobaynida ushbu modda bilan 891 nafar shaxs sudlanib, ularning 173 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 718 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning I choragi davomida O‘zbekistonda 4 764 nafar shaxsga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing