O‘zbekistonda yovvoyi hayvonlarni noqonuniy saqlaganlik uchun jarima belgilandi
Jamiyat
−
17 yanvar
938O‘zbekistonda yovvoyi hayvonlarni noqonuniy saqlagan shaxslar 18 mln 750 ming so‘mgacha jarimaga tortiladi. Bu haqda kecha, 16 yanvar kuni Prezident tomonidan imzolangan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar borasidagi qonunda belgilangan.
Ma’lum qilinishicha, yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni jismoniy shaxslar tomonidan saqlash, BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 875 ming so‘mdan 3 mln 750 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik odamlarning sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, ana shu hayvonlarni musodara qilib, fuqarolarga BHMning 30 baravaridan 50 baravarigacha (11 mln 250 ming so‘mdan 18 mln 750 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solinadi.
Bundan tashqari, shaharlar va boshqa aholi punktlarida hayvonlarni saqlash qoidalarini buzish, xuddi shuningdek mansabdor shaxslar tomonidan egasiz hayvonlarni tuttirish va saqlash choralarini ko‘rmaslik, fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (1 mln 125 ming so‘mdan 1 mln 875 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 875 ming so‘mdan 3 mln 750 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, xuddi shunday huquqbuzarlik odamlarning sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln 750 ming so‘mdan 5 mln 625 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa 15 baravaridan 30 baravarigacha (5 mln 625 ming so‘mdan 11 mln 250 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda fuqarolar uyida saqlashi taqiqlangan hayvonlar ro‘yxati tasdiqlangandi.
LiveBarchasi
O‘zbekiston sun’iy yo‘ldosh yasayapti.
17 yanvar