O‘zbekistonda yer qa’ridan neft otilib chiqqani rostmi? “O‘zbekneftgaz” izoh berdi (video)
Jamiyat
−
08 Sentyabr 2023 41113 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda yer qa’ridan neft otilib chiqayotgani aytilgan video aholi orasida ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
QALAMPIR.UZ muxbiri holat bo‘yicha “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot kotibidan izoh oldi.
“O‘zbekistonda bunday holat kuzatilgani haqida “O‘zbekneftgaz”da hali hech qanday ma’lumot yo‘q. Videolavhadagi neft emas. Mutaxassislarimiz uni ko‘rinishidan neftga o‘xshamasligini aytishdi. Bu bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib boryapmiz”, deydi kompaniya matbuot kotibi Mo‘min Ibodov.
Live
Barchasi