O‘zbekistonda yengil avtomobil eksporti sezilarli oshdi
Jamiyat
−
08 may 2021
16693Joriy yilning birinchi choragi davomida O‘zbekiston xorijiy davlatlarga qiymati 87,4 mln AQSH dollariga teng yengil avtomobillar eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, yengil avtomobil eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 50,9 mln AQSH dollariga oshgan. O‘zbekiston yengil avtomobillari asosan Qozog‘istonga (8468 dona) eksport qilingan.
O‘zbekiston yengil avtomobil eksport qilgan davlatlar:
- Qozog‘iston – 82,6 mln;
- Ukraina – 1,5 mln;
- Afg‘oniston – 1,3 mln;
- Qirg‘iz R. – 963,3 ming;
- Ozarbayjon – 444,7 ming;
- Rossiya – 313,0 ming;
- Tojikiston – 134,4 ming AQSH dollari.
Joriy yilning yanvar-mart oylarida ishlab chiqarilgan avtomobillar:
- Cobalt – 12 682 dona;
- Damas – 12 051 dona;
- Lacetti-Gentra – 8399 dona;
- Nexia T-250 – 6958 dona;
- Labo – 2564 dona;
- Spark – 1800 dona.
LiveBarchasi