O‘zbekistonda yoqilg‘i bank kartalari joriy etiladi
Jamiyat
−
05 fevral 2020
6422Davlat tashkilotlarning milliy valyutadagi yoqilg‘i bank kartalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizomi tasdiqlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror loyihasida keltirib o‘tildi.
Hujjatga asosan, davlat tashkilotlari tomonidan milliy valyutadagi yoqilg‘i bank kartalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risida Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlanadi.
Markaziy bank, Moliya vazirligi va “Milliy banklararo protsessing markazi” (HUMO) MCHJ hamda tijorat banklari bilan birgalikda davlat tashkilotlarni xizmat yengil avtotransporti bo‘yicha har bir avtotransportiga bir donadan yokilg‘i bank kartalari bilan ta’minlash choralarini ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi bilan birgalikda yoqilg‘i bank kartalarini faqat yoqilg‘i quyish shoxobchalarida to‘lov tizimlari ishlashi va avtomatlashtirilgan tizimni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘limlari bilan davlat tashkilotlarini UZASBO dasturi bilan o‘zaro integratsiya qilish va hisobotlar yuritish tizimini elektronlashtirish choralarini ko‘radi.
Yoqilg‘i bank kartalari faqat davlat tashkilotlarining xizmat avtotransportlariga O‘zbekiston Respublikasi hududida benzin, dizel, suyultirilgan va siqilgan gaz yoqilg‘isini yoqilg‘i quyish shoxobchalaridan sotib olish uchun foydalaniladi.
LiveBarchasi