O‘zbekistonda yashash uchun eng qulay shahar qaysi?
Jamiyat
−
11 yanvar
58422Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tomonidan O‘zbekistonda yashash uchun eng qulay shaharlar ro‘yxati tuzildi.
Bunda hududdagi ta’lim, sog‘liqni saqlash, infratuzilma, barqarorlik, madaniyat va atrof-muhit yo‘nalishlarida 27 ta sifat ko‘rsatkichlari hisobga olingan. Ushbu ro‘yxatga aholi soni 40 ming kishidan ortiq bo‘lgan 30 ta shahar kiritilgan.
Shaharlarning qulaylik darajasi 100 ballik tizimda baholangan. Natijalarga ko‘ra, quyidagi shaharlar kuchli beshtalikni band qilgan:
- Toshkent – 79,1 ball;
- Urganch – 76,0 ball;
- Buxoro – 75,4 ball;
- Samarqand – 70,6 ball;
- Navoiy – 68,1 ball.
Ro‘yxatning so‘nggi o‘rinlaridan esa quyidagi shaharlar joy olgan:
- Bekobod – 35,3 ball;
- Xonobod – 35,3 ball;
- Yangiyer – 33,5 ball;
- Ohangaron – 32,9 ball;
- Quvasoy – 26,4 ball.
Top-10 shaharlarning barchasi viloyat markazlari hisoblanadi. Shuningdek, reytingda ushbu shaharlarga eng yaqin Qo‘qon, Xiva va Chirchiq kabi viloyat markazi bo‘lmagan hududlar ham qo‘shilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent dunyoning eng qimmat shaharlari reytingida 69-o‘rinni egallagandi.
LiveBarchasi