O‘zbekistonda yarim yilda qancha “yetmishvoy” tug‘ildi?
Jamiyat
−
12:47 1010 1 daqiqa
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 373 389 ta tirik tug‘ilish qayd etildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, tug‘ilishlar otalarning yoshi bo‘yicha taqsimlanganda, eng ko‘p holat 309 182 nafar bilan 25–39 yoshli erkaklar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Shuningdek, yanvar-iyun oylarida:
- 25 yoshgacha – 34 526 nafar;
- 40–59 yosh – 29 403 nafar;
- 60–69 yosh – 249 nafar;
- 70 yosh va undan katta – 29 nafar ota farzandli bo‘lgan.
Shu tariqa, yilning dastlabki olti oyida O‘zbekistonda 70 yoshdan oshgan 29 nafar erkakning farzandli bo‘lgani rasmiy statistikada qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilda 70 yoshdan keyin ota bo‘lgan erkaklar soni 48 nafarni tashkil etgan edi.
Live
Barchasi