O‘zbekistonda yangicha immigratsion viza joriy qilinadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston yuqori daromadli va akademik darajaga ega shaxslarni jalb qilish uchun yangicha Uzbekistan Is My Second Home immigratsion vizasini joriy qilmoqchi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali efirida xabar berildi.

Bunday vizani joriy qilish O‘zbekiston Prezidentining “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.

Yangi viza 2021 yil 1 yanvardan joriy qilinishi kutilyapti. Prezident ikki oy muddatda yangi immigratsion vizani ishlab chiqishga ko‘rsatma bergan.

Viza O‘zbekistonga yuqori daromadag, yuqori akademik bilimga va hayotiy malakaga ega shaxslarni jalb qilish uchun joriy qilinyapti. Bunday viza olgan shaxslar o‘zi va oilasi bilan mamlakatda yashashi mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, ayni shu qarorga muvofiq O‘zbekistonda koronavirusga chalingan sayyohlarga 3000 AQSH dollari miqdorida kompensatsiya to‘lashi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

qaror viza turizm

Baholaganlar

239

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing