O‘zbekistonda yangi harbiy unvonlar joriy etildi
Jamiyat
−
17 Sentabr 2019
19858O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi Prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, endilikda yosh harbiy xizmatchilarga yuqori darajali kasbiy sifatlarga ega bo‘lgan, tayyorgarligi eng yaxshi harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar faxriylari orasidan murabbiylar biriktiriladi.
Shu bilan birga, quyidagi harbiy unvonlar joriy etildi:
"III darajali serjant" - 3 yil;
"II darajali serjant" - 4 yil;
"I darajali serjant" - 5 yil.
Shuningdek, o‘qish davomiyligi 5 yil bo‘lgan oliy harbiy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari uchun "leytenant" harbiy unvonini olish uchun xizmat muddati 1 yil etib belgilandi.
LiveBarchasi