Hindiston fuqarolari ish va’dasi bilan Ukrainadagi urushga yuborilgan – Nyu-Dehli

Olam

image

Hindiston Tashqi ishlar vazirligi o‘z fuqarolarini ish bilan ta’minlash va’dasi bilan Rossiya armiyasiga jalb qilishayotganini ma’lum qildi. Bu haqda TIV matbuot kotibi Randhir Jaysval bayonot berdi.

U o‘z vatandoshlarini Rossiya armiyasida “yordamchi ishlarni” taklif qilayotgan vositachilarga “aldanmaslikka” chaqirdi. Diplomatning aytishicha, vazirlik ish va’dasi bilan Rossiyaga jalb qilingan o‘z fuqarolarini qaytarish bo‘yicha Moskva ma’muriyati bilan muzokaralar olib bormoqda.

Kecha, 8 mart kuni Hindiston Markaziy Tergov Byurosi kamida 35 hindistonlik agentlar orqali Rossiyaga olib ketilganini e’lon qildi. Byuro Hindiston fuqarolari jangovar tayyorgarlikdan o‘tganini va ularning xohishlariga qarshi Rossiya-Ukraina urushiga jo‘natilganini ta’kidladi.

Hindistonning Moskvadagi elchixonasi esa Rossiya tomonida jang qilgan bir hindistonlik fuqaro halok bo‘lganini tasdiqladi.

Boshqa tomondan, Nepal Ukrainaga qarshi jangovar harakatlarda qatnashish uchun tayyorgarlikdan o‘tgan 14 nafar fuqarosining o‘limi haqida ham ma’lumotni ochiqladi va Rossiya rasmiylaridan jangovar harakatlarda qatnashish uchun o‘qitilgan yuzlab fuqarolarini qo‘yib yuborishni talab qildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Financial Times” nashri Rossiya armiyasi tarkibida 20 ga yaqin Hindiston fuqarolari borligini yozgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Hindiston Ukraina armiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing