AQSH armiyasi Suriyadagi bazasiga qo‘shimcha kuch yubordi

Olam

image

AQSH armiyasi Suriya shimoli-sharqidagi Xasaka viloyatidagi bazasiga 40 nafar qo‘shimcha kuch yubordi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Mahalliy manbalarga ko‘ra, AQSH askarlari karvoni 14 iyul kuni kechqurun Iroq va Suriya o‘rtasidagi Al-Valid chegara punkti orqali Xasaka shahriga kirib kelgan.

Shuningdek, Amerika askarlarini olib ketayotgan 40 ta mashinadan iborat karvon, jumladan, Bredli zirhli mashinalari Xasakaning Sheddadi hududidagi harbiy bazaga yetib kelgan. Karvonda o‘q-dorilar, yig‘ma konstruksiyalar va Avenger havo hujumidan mudofaa qurollari tashuvchi mashinalar ham bor edi. Karvonga Amerika vertolyotlari hamrohlik qilgan.

Qayd etilishicha, 2019 yil oktyabr oyida “Tinchlik bulog‘i” operatsiyasi boshlanishi bilan Qo‘shma Shtatlar neft konlari atrofida joylashishga va o‘z bazalarini operatsiya hududidan evakuatsiya qilishga qaror qildi.

Amerika askarlari, ayni paytda Xasaka, Rakka va Dayr ez-Zor viloyatlarida ushbu tashkilot egallab olgan hududlardagi ko‘plab baza va harbiy postlarda mavjud.
 
Ma’lumot uchun, 25 iyun kuni AQSH armiyasi Xasakadadagi bazalariga 40 birlik texnikadan iborat harbiy qo‘shimcha kuch yuborgan.

Azizbek Eshmamatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Suriya armiya Xasaka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing