O‘zbekistonda yangi jamg‘arma tuzilib, unga 100 mln dollar beriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi huzurida Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining farmonida belgilandi.

Jamg‘armaning resurs bazasi quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:

•    Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qaytarmaslik sharti bilan 100 million AQSH dollari;

•    xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, xorijiy banklar va xususiy moliya kompaniyalarining qarzlari;

•    Jamg‘arma mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga belgilangan tartibda joylashtirishdan tushadigan daromadlar;

•    qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bir oy muddatda 100 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ning 50 foizini boshlang‘ich kapitalni shakllantirish uchun Jamg‘armaga ajratilishini ta’minlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

eksport

Baholaganlar

171

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing