O‘zbekistonda yangi yo‘l belgisi joriy etilmoqda

Bu qiziq

image

O‘zbekistonda yo‘llarda xavfsizlikni oshirishga qaratilgan “Baland piyodalar o‘tish joyi” yangi yo‘l belgisi joriy etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining joriy yil 30 noyabr kuni qabul qilingan “Yo‘l harakati qoidalariga piyodalar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.

Qarorga ko‘ra, “Baland piyodalar o‘tish joyi” yo‘l belgisi joriy etilmoqda. Yangi yo‘l belgisi shaharlar va aholi punktlarining ko‘chalarida, davlat va mahalliy ahamiyatga ega yo‘llarning yoritilgan uchastkalarida 30 km/soat tezlik chegarasida joylashtiriladi. Bundan tashqari, u ko‘rish imkoniyati cheklangan chorrahalarda va “Bolalar” belgisi bilan qoplangan maydonlar oldida o‘rnatiladi. Belgi bilan birga yangi yo‘l chiziqlari ham chiziladi. 

Qaror bilan Ichki ishlar vazirligi, Transport vazirligi va mahalliy davlat hokimiyati organlariga ikki oy muddatda 2025-2026 yillarda belgi o‘rnatiladigan joylar ro‘yxatini tasdiqlash topshirilgan.

Qaror kecha, 5 dekabrdan kuchga kirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq jamoat transporti uchun alohida ajratilgan yo‘laklarda harakatlanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanishi rejalashtirilgani xabar qilingandi.

Ma’rufaliyeva Mohimbegim


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

yo'l belgi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar