O‘zbekistonda yangi yo‘l belgilari paydo bo‘ladi

Jamiyat

image

Yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalarining 1-ilovasi 5-axborot-ko‘rsatkich turiga mansub bo‘lgan yo‘l belgilari orasiga yangilari qo‘shilgan. 

Bunda 5.15 “To‘xtab turish joyi” belgisi eski tahrirda mavjud edi. Ushbu belgiga qo‘shimcha tarzda 5.15.1., 5.15.2. va 5.15.3. kiritildi:

5.15.1 “Pullik to‘xtab turish joyi” yo‘l belgisi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan tashkil etilgan pullik avtoturargohlar, avtomobil qo‘yish joylari oldida;

5.15.2. esa “Yer usti avtomobil qo‘yish joyi” yo‘l belgisi bo‘lib,  ko‘p qavatli avtoturargohlar oldiga yoki yaqiniga;

 5.15.3. “Yer osti avtomobil qo‘yish joyi” yo‘l belgisi yer osti avtomobil qo‘yish joylari, avtoturargohlarga kirishdan oldin o‘rnatiladi. 

Ma’lumot uchun, yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalari 2022 yil 1 maydan boshlab amalga kiritiladi.

Eslatib o‘tamiz, endilikda “Haydovchilikni endi boshlagan” – “Haydovchilik malakasi yetarli bo‘lmagan” haydovchilik staji 2 yildan kam bo‘lgan haydovchilar boshqarayotgan mexanik transport vositalarida “❗️” belgisining tasviri tushirilgan, sariq rangli, tomonlari 150 millimetr bo‘lgan kvadrat ko‘rinishidagi belgi haydovchining xohishiga ko‘ra o‘rnatiladi. 

Biroq, avtomobil oynasiga bundan boshqa yozuvlarni yozish taqiqlanadi. Reklama maqsadidagi bannerlar bundan mustasno.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

203

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing