O‘zbekistonda yangi oliy darajali mukofot ta’sis etiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma uchinchi yalpi majlisida “Oliy darajali “Do‘stlik” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qonuni ma’qullandi.

Qonunga muvofiq, Oliy darajali “Do‘stlik” ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ayrim holatlarda fuqarosi bo‘lmagan shaxslar qardosh xalqlar o‘rtasida ko‘p asrlik do‘stlik va qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash, jamiyat va xalqlarning birdamligini uyg‘unlashtirishdagi alohida xizmatlari uchun mukofotlanadi. 

Shuningdek, orden har tomonlama strategik hamkorlikni rivojlantirish, hududlararo kelishuvlarga erishishdagi sermahsul faoliyati hamda xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro hamjihatlik va ishonchni mustahkamlashdagi faol ishtiroki uchun ham beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Senat mukofot

Baholaganlar

54

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing