O‘zbekistonda yangi milliy bog‘ tashkil etiladi
Jamiyat
−
01 iyul 2020 10827 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyatidagi Kitob davlat geologik qo‘riqxonasi davlat muassasasi negizida tabiatni muhofaza qilish davlat muassasasi shaklidagi Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i tashkil etiladi
Bu haqda kecha, 30 iyun kuni Prezident tomonidan imzolangan “Tabiatni muhofaza qilish davlat muassasasi shaklidagi Kitob geologiya milliy tabiat bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarorda so‘z boradi.

Hujjatda keltirishicha, ushbu milliy bog‘ni tashkil etishdan maqsad, avvalo, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining Kitob davlat geologiya qo‘riqxonasi davlat muassasasi hududidagi asrlar davomida shakllangan noyob tabiat yodgorliklarini asrashdir.
Bundan tashqari, xalqaro e’tirof etilgan “Zinzilban” kesmasining geologiya fanida tutgan o‘rni va mavqeini yanada mustahkamlash, shuningdek, hududning geoturizm va iqtisodiy salohiyatini yanada oshirishdir.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025