O‘zbekistonda yana zilzila sodir bo‘ldi
Jamiyat
−
06 dekabr 6768 1 daqiqa
Bugun, 6 dekabr kuni O‘zbekistonning bir qancha hududlarida yana zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.
Zilzila soat 19:18 da sodir bo‘lgan. Epimarkazda sezilish kuchi 4 ball, magnituda 3,4, chuqurlik 11 kilometrni tashkil qilgan. Zilzila epimarkazi yana Namangan viloyatining Pop tumani. Epimarkaz Toshkentdan 133 km janubiy-sharqda. Koordinatalari 40,88 daraja shimoliy kenglik, 70,72 daraja sharqiy uzunlik.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Namangan viloyatining Pop tumanida 2-3 ball, 15 km.
- Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida 2 ball, 27 km.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 6 dekabr kuni erta tongda ham O‘zbekistonning bir qancha hududlarida zilzila sodir bo‘lgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr