O‘zbekistonda yana bir shahar “qizil” hududga kirdi

Jamiyat

image

Koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda Sirdaryo viloyatining ayrim tuman va shaharlari toifalarga ajratildi. Bu haqda Canitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, Sayxunobod tumani va Guliston shahri “qizil” hududga kiritildi.

Viloyatning Guliston tumani, Boyovut tumani va Xovos tumani esa “sariq” hududdan joy oldi.

“Yashil” hududga esa Shirin shahri, Sirdaryo tumani, Mirzaobod tumani, Oqoltin tumani, Yangiyer shahri va Sardoba tumani kiritildi.

Avvalroq, Qashqadaryo viloyatining ayrim tuman va shaharlari toifalarga ajratilgan edi. Bundan tashqari, viloyatning “yashil” hududga kiritilgan mahallalaridan qo‘riqlov olib tashlanishi ma’lum qilindi.

Joriy yilning 4 iyul kuni “qizil” hududga kiritilgan Chirchiq shahridagi ayrim mahallalar ham toifalarga ajratilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo viloyati Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

1221

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing