Sirdaryoda ijtimoiy xodim o‘z joniga qasd qildi
3-sahifa
−
05 yanvar
123252024 yilning 28 dekabr kuni Sirdaryo viloyatining Sardoba tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi xodimi uyida o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga asosan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 29 yoshli S.S. soat taxminan 13:30 da Sardoba tumanining “Quyitosh” MFYdagi uyi yaqinidagi omborxona shift qismining yog‘och to‘siniga bo‘yin sohasidan arqon bilan o‘zini-o‘zi osib, o‘z joniga qasd qilgan.
Hodisa joyi tuman prokurori, tuman IIB boshlig‘i, tezkor-tergov guruhi va boshqalar tomonidan protsessual tartibda ko‘zdan kechirilib, bayonnoma rasmiylashtirilgan. Sudga oid tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, marhum S.S.da o‘tkazilgan tashqi ko‘rik jarayonida uning tanasida bo‘yin sohasidagi strangulyatsion egatdan boshqa tan jarohati aniqlanmagan. Holat yuzasidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Sardoba tumani bo‘limiga xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Tergovga qadar tekshiruv jarayonida marhum yashash manzilida turmush o‘rtog‘i O.C. va bir nafar voyaga yetmagan farzandi bilan istiqomat qilib kelgani, oilasi, qarindosh va boshqa tanishlari bilan o‘zaro kelishmovchilik yoki janjal bo‘lmagani ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Sardoba tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Hozirda o‘z joniga qasd qilish sabablari o‘rganilmoqda.
LiveBarchasi