O‘zbekistonda yana 5 kishi is gazi sabab vafot etdi
Jamiyat
−
21 noyabr 2019 6403 1 daqiqa
O‘zbekistonda kunlar sovigani sari is gazidan zaharlanib vafot etganlar soni ortib boryapti. Navbatdagi baxtsiz hodisa Sirdaryo viloyatida yuz berdi.
Kecha, 20 noyabr kuni Sirdare viloyati Boyovut tumani, Toshkent viloyati Angren shahri, Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi 6 nafar fuqarolar gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaganliklari oqibatida is gazidan zaharlanib, 5 nafari vafot etgan, 1 nafari shifoxonaga yotkizilgan.
Uchalla xolat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergov oldi tekshiruv xarakatlari olib borilmokda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 noyabr kuni Jizzax viloyati Zomin tumani IIBga qarashli binoda 7 nafar ishchi is gazidan zaharlanib vafot etgandi.
Live
Barchasi