O‘zbekistonda yana 2 ta ijtimoiy tarmoq cheklangan
Jamiyat
−
26 iyul 2021
20775O‘zbekiston Respublikasining Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (“O‘zkomnazorat”) TikTok, Twitter, “VKontakte” ijtimoiy tarmoqlari qatorida Xitoyning WeChat platformasiga ham taqiq qo‘ygan.
Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrining Shaxsga doir ma’lumotlar subektlari huquqlarini buzuvchilar reyestrida TikTok, Twitter, “VKontakte”dan tashqari Skype va WeChat ham qo‘shilgan.
“O‘zkomnazorat” Skype va WeChat’ga iyun oyida ko‘rsatma yuborgan va boshqa 3 ta sayt bilan bir vaqtda joriy yilning 2 iyul kuni cheklagan.
Ma’lumot uchun, Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berishning alohida shartlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan yuritiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hududida Twitter, TikTok va “VKontakte” cheklandi. Avvalroq O‘zbekiston yuqoridagi kompaniyalarga serverlarini O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha talabnomalar yuborgandi. Shundan so‘ng, joriy yilning 2 iyulida “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonunning 27-1-moddasi talablariga zid ravishda O‘zbekiston fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berilayotgani uchun ayrim ijtimoiy tarmoqlar faoliyatiga cheklov o‘rnatildi.
O‘zbekistonliklar TikTok, Twitter, “VKontakte” faoliyatida uzilishlar kuzatilayotganini ma’lum qildi.
LiveBarchasi
26 noyabr