O‘zbekistonda YAIM yil oxirigacha 6,2 foizga oshadi – JB

Jamiyat

image

Joriy yilning oxirigacha O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YAIM) 6,2 foizga oshadi. Iyun oyida bu ko‘rsatkich 4,8 foiz etib belgilangandi. Bu haqda Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo hududidagi iqtisodiy vaziyat to‘g‘risidagi hisobotida ma’lum qilingan.

Jahon banki taxminiga ko‘ra, 2022 yilda mamlakatda YAIM 5,5 foizdan 5,6 foizgacha, 2023 yilda esa 5,8 foizgacha oshadi. Aytish joizki, 2020 yilgi epidemik cheklovlar tufayli yuzaga kelgan global inqiroz sharoitida O‘zbekiston iqtisodiyoti 1,6 foizga o‘sgan.

Qayd etilishicha, kutilayotgan iqtisodiy o‘sishga, shuningdek O‘zbekistonda ishsizlik va qashshoqlikni kamaytirishga investitsiyalar, savdo hamda pul o‘tkazmalarini tiklash orqali erishish mumkin.

Jahon bankiga ko‘ra, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar faqatgina 2022 yilga kelibgina qisman tiklanishi mumkin. Joriy yilning oxirigacha davlat qarzi o‘sib, YAIMning 40,6 foiziga yetadi. Bularning barchasi pandemiya oqibatlarini bartaraf etish uchun olingan qarzlarning hisobiga to‘g‘ri keladi.


Maqola muallifi

Teglar

YaIM

Baholaganlar

85

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing