O‘zbekistonda voyaga yetmagan qizlar orasida erta tug‘ruq holati ko‘paygan
Jamiyat
−
16 iyul 2020
44559O‘zbekistonda voyaga yetmagan qizlar, ayniqsa 13-14 yoshli qizlar orasida erta tug‘ruq holatlari ko‘payib boryapti. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi majlisida aytib o‘tildi.
Erta homiladorlik va tug‘ruq holatlari kuzatilgan o‘quvchi qizlarning qariyb yarmi ota yoki onasiz oilalarda yashayotganligi aniqlangan. Ta’kidlanishicha, oiladagi yetishmovchilik, ota-onalarning ishsizligi yoki kam daromad topishi ham qizlar tarbiyasiga salbiy ta’sir qilmoqda.
“Yana bir jihat. Erta va istalmagan tug‘ruq holatlari, yoshlarning oilaviy munosabatlarga tayyor emasligi, oiladagi ijtimoiy-ma’naviy beqarorlik kabi sabablar chaqaloqlar savdosi jinoyatini ham keltirib chiqarmoqda”, deyiladi Senat xabarida.
Bu kabi muammolarni bartaraf etish maqsadida Senat Kengashi qarori bilan erta turmush va erta tug‘ruq holatlari hamda oilaviy ajralishlar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish bo‘yicha 2020–2021 yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
LiveBarchasi