O‘zbekistonda vaksina qabul qilganlar soni 1300 dan oshdi
Jamiyat
−
08 yanvar 2021
34332021 yil 7 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi ZF 2001 vaksinasining III faza sinovlarida ishtirok etgan fuqarolar soni jami 1328 kishini tashkil etmoqda.
Ma’lum qilinishicha, ularning hammasi ham vaksina bilan emlanmagan, ayrimlariga platsebo, ya’ni vaksina bilan bir xil ko‘rinishga ega, o‘zida nomzod vaksina yoki dori vositasini saqlamagan birikma yuboriladi. Ushbu sinov ikki tomonlama noma’lum bo‘lganligi uchun na shifokor va na ko‘ngilli vaksina yoki platsebo olganini bilmaydi.
Kecha, 7 yanvar kuni vaksina sinovlarida ishtirok etgan fuqarolarning soni 58 nafar ko‘ngillini tashkil etgan.
Klinik sinovlar xitoylik mutaxassislar ishtirokida Toshkent shahridagi 3 ta poliklinikada o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi