O‘zbekistonda o‘tgan 9 oyda 17 yoshgacha qizlar o‘rtasida 50ta erta tug‘ruq holati etilgan

Jamiyat

image

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida O‘zbekistonda 17 yoshgacha qizlar o‘rtasida 50 ta erta tug‘ruq holati qayd etilgan. Shuningdek, 6 mingdan ortiq oila ajrimi rasmiylashtirilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida o‘tgan Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining majlisida ma’lum qilingan. 

Yig‘ilishda mamlakatda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ular bandligini ta’minlash, nofaol yoshlar bilan ishlash borasida samarador chora-tadbirlar amalga oshirilmagani tanqid qilingan. Joriy yilda 17 yoshgacha qizlar o‘rtasida 50 ta erta tug‘ruq qayd etilgani va  6 mingdan ortiq yosh oilalar ajrimiga esa  yoshlarni tarbiyalashda oilaning o‘rni susayib borayotgani, yosh yigit-qizlar oila qurish, erta nikoh haqida umuman tushunchaga ega emasligi sabab qilib ko‘rsatilgan. 

Yig‘ishilishda yoshlarning, xususan har yili ta’limni bitirib, mehnat bozoriga kirib kelayotgan 450 mingdan ortiq yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida alohida dasturlar qabul qilinishi lozimligi aytilgan. 

Majlisda muhokama etilgan masalalar bo‘yicha Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining tegishli qarori qabul qilingan. 


Maqola muallifi

Teglar

Homiladorlik Erta tug'ruq

Baholaganlar

43

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing