33 nafar o‘quvchi homilador bo‘lib qolgan – OAV

Olam

image

Shimoliy-Qozog‘iston viloyatida 33 nafar o‘quvchi homilador bo‘ldi. Ulardan 9 nafari 16 yoshga ham to‘lmagan. Bu haqda “Sputnik Qozog‘iston” xabar bermoqda.

Bu turdagi ma’lumotlar darhol tibbiy muassasalardan politsiya bo‘limiga yuboriladi. U yerda qizlarning sheriklarini javobgarlikka tortish masalasi hal qilinadi.

Voyaga yetmaganlar bilan ishlash guruhining o‘ta muhim topshiriqlar bo‘yicha katta inspektori Sairan Sarkenovning so‘zlariga ko‘ra, bu yil ro‘yxatga olingan balog‘atga yetmaganlarning homilador bo‘lishining barcha holatlarida ular sheriklari jinoiy javobgarlikka tortilmagan, chunki ular homilador qizlarga tezda uylanishgan.

Politsiya xodimining so‘zlariga ko‘ra, viloyat maktablarida jinsiy tarbiya bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlar olib borilmoqda, ota-onalari bilan ishlar tashkil etilgan, ammo bunday holatlardan qochib bo‘lmayapti.

Biroq, o‘tgan yilga nisbatan qizlarning erta homiladorligi bilan bog‘liq vaziyat biroz yaxshilandi. O‘tgan yilning shu davrida 16 yoshgacha bo‘lgan qizlarning homiladorlik holati 14 ta, voyaga yetmaganlarning 39 ta homiladorligi qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Homiladorlik

Baholaganlar

1300

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing