O‘zbekistonda o‘tgan 6 soatda bor-yo‘g‘i 23 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 25 avgust soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 23 taga ortib, 39 664 nafarni tashkil etmoqda. Bugun kasallik qayd etilgan bemorlarning umumiy soni 316 nafar. 

Yangi kasallanish holatlarining barcha 23 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Olmazor tumanida yashagan 63 yoshli M.Z. (ayol), Uchtepa tumanida yashagan 62 yoshli A.T. (erkak) hamda Sergeli tumanida yashagan 55 yoshli S.B. (ayol), jami 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Bugun vafot etgan bemorlar 7 nafarni tashkil etdi

Bugun Toshkent shahrida 291 nafar, Toshkent viloyatida 117 nafar, Andijon viloyatida 6 nafar, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida 5 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Namangan viloyatida esa 3 nafardan hamda Navoiy viloyatida 2 nafar, jami 432 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib mamlakatda 35 983  (+432) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (90 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3 394 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ularning 294 nafari og‘ir, 110 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

337

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing