O‘zbekistonda o‘smir qizlar orasida erta tug‘ruq kamaygan – XTV
Jamiyat
−
29 iyul 2020
9492O‘zbekistonda so‘nggi 3 yilda o‘smirlar orasida homiladorlik va erta tug‘ruq holatlari kamayib boryapti.
Xalq ta’limi vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2017 yildan boshlab 11 yillik umumta’lim tizimiga o‘tilishi bilan erta tug‘ruq holatlarining soni pasayishi kuzatilgan. Misol uchun 2016-2017 yillar davomida 15-17 yoshdagi qizlar o‘rtasida jami 429 tug‘ruq holati qayd etilgan bo‘lsa, 2018-2019 yillar davomida ushbu ko‘rsatkich 34 foizga kamayib, 284 tani tashkil qilgan.
Erta tug‘ruq holatlari sodir etilishi ko‘rsatkichining kamayishi holatini umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan qizlar soni nisbatiga taqqoslaganda ham ko‘rish mumkin:
• 2017 yilda Xalq ta’limi tizimida tahsil olayotgan har 12995 nafar qizga 1 ta tug‘ruq (umumiy qizlar soniga nisbatan 0,0076 foiz);
• 2018 yilda tizimda tahsil olayotgan har 15169 nafar qizga 1 ta tug‘ruq (umumiy qizlar soniga nisbatan 0,0066 foiz);
• 2019 yilda tizimda tahsil olayotgan har 23666 nafar qizga 1 ta tug‘ruq to‘g‘ri kelgan (umumiy qizlar soniga nisbatan 0,0042 foiz).
Vazirlikning ta’kidlashicha, bunga 11 yillik ta’lim tizimiga o‘tilgani sabab bo‘lgan.
“11 yillik ta’lim tizimining qaytgani mazkur muammoning mamlakatimiz miqyosidagi asosiy yechimi sifatida baholash mumkin, sababi maktabni tark etgan o‘quvchi kollej yoki litseyga borganda o‘zining axloqini bemalol, ijtimoiy nazoratsiz transformatsiya qilishi (o‘zgartirishi), o‘smir muayyan submadaniyatga osongina immitatsiya (taqlid) qilishi mumkin bo‘lgan va bu jarayonda uni yangi ijtimoiy guruh shundayligicha qabul qilgan”, dyiladi xabarda.
Bundan avvalroq, Senat Kengashi majlisida 13-14 yoshli qizlar orasida erta tug‘ruq holatlari ko‘paygani aytilgandi.
LiveBarchasi