O‘zbekistonda o‘rtacha pensiya miqdori qancha?
Bu qiziq
−
21 yanvar 2021
99752021 yil 1 yanvar holatiga bir oylik o‘rtacha pensiya miqdori Toshkent shahrida 1 130 804 so‘mni tashkil qilyapti. Bu haqda Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ma’lum qildi.
Jamg‘arma ma’lumotiga ko‘ra, bir oylik o‘rtacha pensiya miqdori boshqa hududlarda quyidagicha:
• Navoiy viloyatida – 1 056 126 so‘mni;
• Toshkent viloyatda – 897 625 so‘mni;
• Buxoro viloyatida – 832 638 so‘mni;
• Sirdaryo viloyatida – 824 130 so‘mni;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 807 356 so‘mni;
• Samarqand viloyatida – 790 325 so‘mni;
• Xorazm viloyatida – 761 782 so‘mni;
• Qashqadaryo viloyatida – 758 730 so‘mni;
• Surxondaryo viloyatida – 737 790 so‘mni;
• Farg‘ona viloyatida – 730 112 so‘mni;
• Jizzax viloyatida – 727 737 so‘mni;
• Namangan viloyatida – 691 427 so‘mni;
• Andijon viloyatida – 690 522 so‘mni tashkil qildi.
2021 yil 1 yanvar holatiga respublika bo‘yicha pensiya oluvchilarning umumiy soni 3 424 629 nafarni tashkil qilib umumiy aholi sonidagi ulushi 10,0 foizni tashkil qilyapti.
Shundan, pensiya oluvchilarning umumiy soni Farg‘ona viloyatida 405 484 nafarni, Samarqand viloyatida 361 184 nafarni, Toshkent shahrida 328 303 nafarni, Toshkent viloyatda 327 148 nafarni, Andijon viloyatida 320 517 nafarni, Qashqadaryo viloyatida 295 431 nafarni, Namangan viloyatida 265 744 nafarni, Surxondaryo viloyatida 265 829 nafarni, Buxoro viloyatida 215 287 nafarni, Xorazm viloyatida 185 649 nafarni, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 183 288 nafarni, Navoiy viloyatida 113 858 nafarni, Jizzax viloyatida 111 047 nafarni va Sirdaryo viloyatida 85 866 nafarni tashkil qildi.
LiveBarchasi