O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

Jamiyat

image

Bosh vazir Abdulla Aripov farmoniga ko‘ra, Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini chiroyli tarzda o‘tkazish, mahallalar, aholi turarjoylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalarini obodonlashtirish maqsadida joriy yil 16-18 mart kunlari "Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki" shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Xayriya hasharida "Mahallamga 10 tup daraxt - mening tuhfam" shiori ostida barcha turarjoy mavzelari va mahallalarda iqlim sharoitiga mos hamda sug‘orish tizimini hisobga olgan holda daraxt ko‘chatlari ekilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar) hokimliklari mahalliy byudjetlarining qo‘shimcha manbalari homiylik xayriyalari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan mahalla fuqarolar yig‘inlari orqali aholiga bepul ko‘chat tarqatish va daraxt ekish ishlarini tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari 18 martda bo‘lib o‘tgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Navro'z umumxalq hashari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing