O‘zbekistonda o‘lim yosharyapti. Navbatdagi qurbon 35 yoshda

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 35 yashar erkak koronavirusdan vafot etdi. Mamlakatda o‘lim holatlari 51 taga yetdi. 

Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida yashovchi 35 yoshli S.S. (erkak) joriy yil 28 iyun kuni tomog‘ida og‘riq sezgan, nafas yo‘llari yallig‘langan. Ammo hech kimga murojaat qilmay, uyida o‘zicha davolangan.

2 iyul kuni sog‘lig‘i yomonlashavergach, tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Unda COVID-19 tasdiqlangan va viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Unga COVID-19 og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Kasallik ikki tomonlama pnevmoniya og‘ir kechishi, o‘tkir nafas, yurak qon-tomir yetishmovchiligi asorati bilan kechgan. Shuningdek, qandli diabet, semizlik va surunkali piyelonefrit kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan. 

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari tomonidan onlayn konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston

Baholaganlar

553

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing