Özbekistonda tuğiliş va nikohlar kamayib, ajraşiş köpaymoqda – statistika
Bu qiziq
−
16:30 597 4 daqiqa
Özbekistonda joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida tirik tuğilganlar soni 638,6 ming kişini taşkil etdi. Bu 2025 yilning mos davriga nisbatan 26 ming kişiga kam degani. Şuningdek, uşbu davrda 172 mingta nikoh qayd etilgan va ötgan yildagidagiga nisbatan 5 mingtaga kamaygan. Ajrimlar soni esa 2025 yilning mos davriga nisbatan 1,4 mingtaga köpaygan. Bu haqda Milliy statistika qömitasi tomonidan e’lon qilingan Özbekistonning demografik holatiga oid ma’lumotlarda keltirilgan.
Aholi soni
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 sentyabrdagi “Özbekiston Respublikasida aholi va qişloq xöjaligini röyxatga oliş tadbirini ötkaziş töğrisida”gi PF-173-son farmoniga muvofiq 2026 yil 15 yanvar holatiga köra ötkazilgan aholi va qişloq xöjaligini röyxatga oliş natijalari asosida aholi soni hisoblandi.
Şu ma’lumotlarga köra, 2026 yil 1 oktyabr holatiga Özbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 39 mln 535,2 ming kişini taşkil etgan. Bu ötgan yilning şu sanasiga nisbatan (qayta hisoblangan ma’lumotlar böyiça) 1,8 foizga köp. 2026 yilning yanvar-sentyabr oylarida tirik tuğilganlar soni 638,6 ming kişini, vafot etganlar soni 123,4 ming kişini taşkil etgan, tabiiy ösiş esa 515,2 ming kişiga yetgan. Xorijdan köçib kelganlar soni 2 114 nafarni, xorijga köçib ketganlar soni esa 6 398 nafarni taşkil qilgan. Şu davrda 172 mingta nikoh va 36,8 mingta ajrim qayd etilgan.
Doimiy aholi soni şahar joylarida 21 mln 523,8 ming kişini (jami aholining 54,4 foizi), qişloq joylarida esa 18 mln 11,4 ming kişini (45,6 foizi) taşkil etgan. Aholining 19 mln 521,2 ming nafarini (49,4 foizi) ayollar, 20 mln 14 ming nafarini (50,6 foizi) erkaklar taşkil etgan. 2026 yil 1 oktyabr holatiga köra, mamlakat böyiça aholi ziçligi bir kvadrat kilometrg 88,1 kişini taşkil qilgan. Bu körsatkiç 2025 yil 1-oktabr holati bilan soliştirganda 1,6 kişiga köp (2025 yil 1-oktabr holatiga 1 kv. km ga 86,5 kişi töğri kelgan).
Tuğiliş
Respublikada joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida tirik tuğilganlar soni 638,6 ming kişini, tuğiliş koeffitsiyenti esa 21,7 promilleni taşkil etgan. Tuğilganlar soni 2025 yilning mos davriga nisbatan 26 ming kişiga kamaygan. 2026 yilning yanvar-sentyabr oylarida vafot etganlar soni 123,4 ming kişini, ölim koeffitsiyenti esa 4,2 promilleni taşkil etgan. Vafot etganlar soni 2025 yilning mos davriga nisbatan 8,8 ming kişiga kamaygan. Körib çiqilayotgan davrda respublika böyiça tirik tuğilganlar soni jami 638,6 ming kişini taşkil etgan. Şundan 329,8 ming nafari (tuğilganlarning umumiy soniga nisbatan 51,6 foizi) öğil bolalar, 308,8 ming nafari (48,4 foizi) esa qizlar. Ularning 310,5 ming nafari (tuğilganlarning umumiy soniga nisbatan 48,6 foiz) şahar joylarda, 328,1 ming nafari (51,4 foiz) qişloq joylarda dunyoga kelgan. Mazkur davrda respublika böyiça vafot etganlarning umumiy soni 123,4 ming kişini taşkil qilgan. Şundan 68,5 ming nafari (vafot etganlarning umumiy soniga nisbatan 55,5 foiz) erkaklar, 54,9 ming nafari (44,5 foiz) ayollar. Ularning 65,7 ming nafari (vafot etganlarning umumiy soniga nisbatan 53,2 foiz) şahar joylarda, 57,7 ming nafari (46,8 foiz) esa qişloq joylarda yaşovçilar bölgan.
Nikoh va ajraliş
Şuningdek, Özbekistonda joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida 172 mingta nikoh qayd etilgan va nikoh koeffitsiyenti 5,9 promilleni taşkil qilgan. Nikohlar soni 2025 yilning mos davriga nisbatan 5 mingtaga kamaygan. 2026 yilning yanvar-sentyabr oylarida 36,8 mingta ajrim qayd etilgan, ajrimlar koeffitsiyenti 1,3 promillega teng bölgan. Ajrimlar soni 2025 yilning mos davriga nisbatan 1,4 mingtaga oşgan. Respublikada qayd etilgan nikohlar soni 172 mingtani, şundan şahar joylarida 88 mingtani (51,2 foiz), qişloq joylarida 84,0 mingtani (48,8 foiz) taşkil etgan. Ajrimlar soni 36,8 mingtani, şundan şahar joylarida 21,9 mingtani (59,5 foiz), qişloq joylarida 14,9 mingtani (40,5 foiz) taşkil etgan.
Joriy yil yanvar-sentyabr oylarida respublika içida va çetdan köçib kelganlarning jami soni 262 860 kişini, şu jumladan respublikaning boşqa hududlaridan köçib kelganlar 260 ming 746 kişini, xorijiy mamlakatlardan köçib kelganlar 2 114 kişini taşkil etgan. Köçib ketganlarning jami soni 267 ming 144 kişini, şu jumladan respublikaning boşqa hududlariga köçib ketganlar 260 ming 746 kişini, xorijiy mamlakatlarga köçib ketganlar 6 398 kişini taşkil etgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda nikohlar soni sönggi yillarda keskin kamaygani haqida xabar berilgan edi. Xususan, 2021 yilda 305,2 mingta nikoh qayd etilgan bölsa, 2025 yilga kelib bu raqam 267,1 mingtani taşkil qilgan. Ya’ni, tört yil içida nikohlar soni 38,1 mingtaga kamaygan.
Live
Barchasi