O‘zbekistonda tug‘ilish ko‘rsatkichi pasaymoqda
Jamiyat
−
20 may 2025 6594 1 daqiqa
O‘zbekistonda joriy yilning birinchi choragida 266 478 ta tirik tug‘ilish qayd etildi. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8 mingga kam degani. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan statistikada keltirilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-aprel oylarida respublika bo‘yicha 266 478 ta tirik tug‘ilish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.
Tug‘ilishlarning shahar va qishloq joylar bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:
- shahar joylarda – 136 060 nafar;
- qishloq joylarda – 130 418 nafar.
Ma’lumot uchun, 2024 yilning yanvar-aprel oylarida tirik tug‘ilganlar soni 274,5 ming nafarni tashkil etgan.
Jami tirik tug‘ilganlarning qayd etilgan hududi bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha bo‘lgan:
- shahar joylarda − 139,3 ming nafar;
- qishloq joylarda − 135,2 ming nafar.
Eslatib o‘tamiz, Statistika agentligining O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlariga doir hisobotida o‘tgan yilning 9 oyida tug‘ilish kamayib, vafot etganlar soni oshgani qayd etilgandi.
Live
Barchasi