O‘zbekistonda tug‘ilgan Rustam Umarov Ukraina Mudofaa vaziri bo‘ldi
Olam
−
06 Sentabr 2023 9571 2 daqiqa
Ukraina parlamenti deputatlari Rustam Umarovni mamlakat Mudofaa vaziri lavozimiga ma’qulladi. Bu haqda Oliy Rada deputatlari – Yaroslav Jeleznyak va Irina Gerashenko xabar berdi.
Qayd etilishicha, Umarov nomzodini 338 deputat qo‘llab-quvvatlagan, bir nafari betaraf qolib, yana 21 nafari ovoz berishda ishtirok etmagan.
U 2021 yildan beri Mudofaa vaziri bo‘lib kelayotgan Aleksey Reznikov o‘rnini egalladi.
Rustam Umarovning nomzodini Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ko‘rsatgandi va u bundan oldin mulk jamg‘armasini boshqargan.
Ma’lumot o‘rnida, Rustam Umarov 1982 yilda Samarqandda Qrim yarim orolidan kelgan qrim-tatar musulmonlari oilasida tug‘ilgan. Otasi Anvar Umarov texnologik muhandis, onasi Maryam Umarova kimyo muhandisi bo‘lgan. Umarovlar oilasi 1944 yil 18 mayda sovet hukumati tomonidan qrim-tatar xalqi bilan birga o‘z vatanidan O‘zbekistonga deportatsiya qilingan. 2015 yilda Oliy Rada bu deportatsiyani qrim-tatar xalqining genotsidi deb tan olgan. 1980 yillarning oxiri va 1990 yillarning boshlarida Umarovlar oilasi Ukrainaga qaytgan.
Repatriatsiya (vataniga qaytgani)dan so‘ng, u Qrim gimnaziyasini “American Future Leaders Exchange” dasturi bo‘yicha stipendiya bilan tamomlagan. Milliy boshqaruv akademiyasida (Ukraina) iqtisod va moliya bo‘yicha o‘qigan.
2000 yillarda Umarov biroz advokatlik bilan ham shug‘ullangan. 2013 yilda ukasi bilan birgalikda ASTEM investitsiya kompaniyasi va ASTEM Foundation xayriya jamg‘armasiga asos solgan. 2019 yilda “Holos” partiyasidan Oliy Radaga saylangan. 2022 yildan beri u Ukraina Davlat mulk jamg‘armasi raisi vazifasida faoliyat yuritib keladi.
Shuningdek, Umarov 2022 yilning bahorida Rossiya bilan muzokaralar olib borgan Ukraina delegatsiyasi a’zolaridan biri bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq sobiq Mudofaa vaziri Aleksey Reznikov Ukrainaning Buyuk Britaniyadagi elchisi etib tayinlanishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025