O‘zbekistonda tug‘ilgan mashhur UFC jangchisi tashkilot prezidentiga murojaat qildi
Sport
−
25 may 2023
6338Qozog‘istonlik aralash yakkakurash jangchisi, UFC yarim o‘rta vazn toifasida faoliyat olib borayotgan Shavkat Rahmonov UFC prezidenti Dana Uaytdan amerikalk Kelvin Gastelumga qarshi jang tashkil qilishni so‘radi.
“Dana Uayt, Shon Shelbi, men Kelvin bilan yarim o‘rta vazn toifasida jang o‘tkaza olamanmi?”, deb yozdi Rahmonov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Rahmonov o‘zining so‘nggi jangida amerikalik Jeff Nilni mag‘lub etgandi. Gastelum esa oxirgi jangini UFC 287 musobaqasi doirasida o‘tkazib, hakamlar qaroriga ko‘ra, hamyurti Kris Kyortisdan ustun kelgandi.
Ma’lumot uchun, Shavkat Rahmonov 1994 yil Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida qozoq oilasida tug‘ilgan. Keyinchalik u oilasi bilan Qozog‘istonga ko‘chib ketgan.