O‘zbekistonda traktorchilar yetishmayotganligi ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, oldinroq, Milliy matbuot markazida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ishtirokida matbuot konferensiyasi o‘tkazilayotgani haqida ma’lum qilgan edik.

Tadbirda vazir Sherzod Kudbiyev ham ishtirok etyapti.

“Ayni damda mamlakatimizda veterenar, tikuvchi, traktorchi ya’ni mexanizatorchilar yetishmaydi. Hozirda O‘zbekistonda 1 million 391 ming nafar ishsiz mavjud. Biroq, 150 mingta bo‘sh ish o‘rini uchun malakali va shu bilan birga oddiy ishchilar yetishmayapti” dedi Sh.Kudbiyev o‘z so‘zida.

Bundan oldin, mamlakatimizning 19 million aholisi ishga yaroqliligi, 13 million 400 ming kishi rasmiy va norasmiy ravishda ish bilan ta’minlangani aytilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Baholaganlar

23

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing