O‘zbekistonda TikTok ishlamay qolmoqda. Tarmoq avval ogohlantirilgandi
Jamiyat
−
02 iyul 2021
16654O‘zbekiston hududida Twitter, TikTok va “VKontakte” cheklandi. Avvalroq O‘zbekiston yuqoridagi kompaniyalarga serverlarini O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha talabnomalar yuborgandi.
“O‘zkomnazorat” Axborot xizmatining xabar berishicha, “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonunning 27-1-moddasi talablariga zid ravishda O‘zbekiston fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berilayotgani uchun ayrim ijtimoiy tarmoqlar 2021 yil 2 iyuldan “Shaxsga doir ma’lumotlar sub’ektlari huquqlarini buzuvchilar reyestri”ga kiritilgan va Internet tarmog‘ida mazkur resursdan O‘zbekiston hududida foydalanish o‘rnatilgan tartibda, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar cheklangan.
Xabar berilganidek, “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining moddalariga ko‘ra endi “Facebook Inc.” (Facebook Messenger, Instagram, WhatsApp), Google (Google Messenger, YouTube), Mail.ru (Vkontakte, Odnoklassniki), Microsoft Skype, Telegram, Tencent Wechat, TikTok, Twitter, Yandex (Yandeks taksi, Yandeks karti, Yandeks messenjer, Yandeks dengi) kabi ijtimoiy tarmoqlar va internet kompaniyalar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berishda ushbu ma’lumotlarni jisman O‘zbekiston hududida joylashgan texnik vositalarda hamda bazalarda yig‘ilishini, tizimlashtirilishini va saqlanishini ta’minlashi hamda shaxsga doir ma’lumotlar bazalari davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilishi shartligi belgilangan.
Bu esa ijtimoiy tarmoqlar va internet kompaniyalar O‘zbekiston Respublikasida qonuniy faoliyat yuritishni istasa, o‘z texnik vositalarini O‘zbekiston hududiga o‘tkazishlari shartiligini yoki belgilangan tartibda ma’muriy yoxud jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkinligini anglatadi.
Shuningdek, ayrim foydalanuvchilarning ta’kidlashicha, Facebook va Twitter’da ham ayrim uzilishlar kuzatilmoqda. Nosozliklarning yuqoridagi talabnomalarga qanchalik aloqadorligi noma’lum.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr