O‘zbekistonda talabalar eng ko‘p qaysi yo‘nalishda ta’lim olyapti?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda bakalavriat yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar soni bir milliondan oshgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yili boshiga ko‘ra, O‘zbekistonda oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar soni 1 mln 9 271 nafarga yetgan. 2022/2023 yilda 134 217 nafar xotin-qiz bakalavriat yo‘nalishiga qabul qilingan. 

Talabalar soni sohalar bo‘yicha:

  • Ta’limda – 317 872 nafar
  • Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalarida – 167 970 nafar
  • Biznes, boshqaruv va huquqida – 113 723 nafar
  • San’at va gumanitar fanlarda – 93 513 nafar
  • Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborotda – 74 868 nafar
  • Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minotda – 60 023 nafar
  • Xizmatlarda – 46 852 nafar
  • Qishloq, o‘rmon, baliqchilik xo‘jaligi va veterinariyada – 46 556 nafar
  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarida – 46 066 nafar
  • Tabiiy fanlar, matematika va statistikada – 41 828 nafar

2022/23 o‘quv yilida OTMlarning bakalavriatiga qabul qilingan xotin-qizlar soni esa sohalar bo‘yicha:

  • Ta’limda – 65 065 nafar;
  • San’at va gumanitar fanlarda – 14 286 nafar;
  • Biznes, boshqaruv va huquqda – 11 741 nafar;
  • Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborotda – 10 291 nafar;
  • Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalarida – 10 167 nafar;
  • Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minotda – 8 487 nafar;
  • Tabiiy fanlar, matematika va statistikada – 4 428 nafar;
  • Qishloq, o‘rmon, baliqchilik xo‘jaligi va veterinariya – 4 027 nafar;
  • Xizmatlarda – 2 971 nafar;
  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarida – 2 754 nafar.

Xotin-qizlarning soni jami talabalar soniga nisbatan qariyb 49 foizni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq talabalar uchun haq to‘lanadigan amaliyot o‘tash tartibi belgilanishi aytilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing