O‘zbekistonda taqiqlangan ekstremistik kanallar ro‘yxati e’lon qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi internet jahon tarmog‘idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan hamda O‘zbekiston Respublikasining hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manba va kontentlar (materiallar) ro‘yxatini e’lon qildi. 

Ro‘yxatda Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi 249 ta sahifa, Telegram’dagi 790 ta kanal, Instagram’dagi 265 sahifa, YouTube’dagi 167 kanal, Odnoklassnikidagi 36 ta sahifa, TikTok’dagi 53 ta sahifa, internetdagi ayrim sayt va kitoblar kiritilgan.

To‘liq ro‘yxat bilan quyida tanishish mumkin:

“Hurmatli fuqarolar! Qadrli ota-onalar va yoshlar! Diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm tuzog‘iga tushib qolishdan doimo saqlaning. Ular hayotingiz va orzularingizni barbod qilishiga aslo yo‘l qo‘ymang. Sud tomonidan taqiqlangan internet manbalardan yiroq bo‘ling”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

aqidaparastlik diniy ekstremistik taqiqlangan manba

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing