O‘zbekistonda so‘nggi 5 yilda uy-joy qurilishi qanchaga ortgani aytildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda oxirgi 5 yillikda aholini uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha tahlillar taqdim qilindi. Ushbu tahlil Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tomonidan amalga oshirildi.

Unga ko‘ra, 2018 yildan beri uy-joy qurilishi qariyb 2 barobar ortib, aholi jon boshiga uy-joy bilan ta’minlanish darajasi 15,7 kvadrat metrdan 18,2 kvadrat metrgacha yoki 16 foizga oshgan. 2022 yilda 24,3 mingta, shu jumladan, “Yangi O‘zbekiston” massivlarida 3,5 mingta xonadon foydalanishga topshirilgan.

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti 2022 yilning o‘zida aholiga ipoteka kreditlari ajratilgani haqida ham ma’lumot keltirgan. Xususan, yakka tartibdagi uy-joylarni qurish yoki sotib olish uchun tijorat banklari tomonidan 37,6 mingta oilaga 8,2 trillion so‘m miqdorida ipoteka kreditlari ajratilgan (2021 yildagiga nisbatan 2 marotaba ko‘p). Daromadi yuqori bo‘lmagan 16,7 mingta oilaga 767,4 milliard so‘m miqdorida subsidiya berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston qurilish uy-joy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing