O‘zbekistonda Sotsial turizm assotsiatsiyasi tashkil etildi

Jamiyat

image

Sayyohlarning barcha toifalarini qamrab olish va ular uchun munosib sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston sotsial turizm assotsiatsiyasi tashkil etildi

Yangi assotsiatsiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

•    imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz va ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun xayriya aksiyalarini o‘tkazish; 

•    imkoniyati cheklangan shaxslar sayohat qilishlari uchun sharoitlar yaratishga ko‘maklashish; 

•    sotsial turizm sohasida davlat dasturlari, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa qarorlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish hamda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish; 

•    inklyuziv turizmni rivojlantirish doirasida bolalar, yoshlar, uchinchi yosh toifa vakillari, shuningdek nogironligi bo‘lgan kishilar uchun turizm hamda ekskursiyalarni tashkil etishga ko‘maklashish va b.

O‘zbekiston sotsial turizm assotsiatsiyasi mamlakatimizda inklyuziv turizmni rivojlantirishga hamda bu borada xorijiy turdosh uyushmalar bilan hamkorlik aloqalarni o‘rnatish yo‘lida xizmat qiladi. 

Sotsial turizm assotsiatsiyasi kengashi raisi etib Izatillo Xo‘jayev tayinlandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Assotsiatssiya O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shish istagidagi jismoniy shaxslarni birlashtirish va ularning sa’y-harakatlarini sotsial turizmni rivojlantirishga yo‘naltirish, jumladan bolalar, yoshlar, keksalar, shuningdek nogironligi bo‘lgan yurtdoshlarimizning sayohatlarini tashkil etishga ko‘maklashadi. 

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz uchun “Sayohat barcha uchun!” xayriya sayohati tashkil etiladi hamda ularning diqqatga sazovor maskanlarda sayohat qilish imkoniyatlarini baholash ishlari amalga oshiriladi. 

Ma’lumot uchun, Izzatillo Naimovich Xo‘jayev 1981 yil 7 avgustda Qashqadaryo viloyati Koson tumanida tavallud topgan. Millati - o‘zbek, ma’lumoti – oliy, Toshkent davlat sharqshunoslik institutining  magistratura bosqichini xalqaro siyosatshunos mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Shu kunga qadar u Sharqshunoslik instituti, O‘zMTDP Toshkent viloyati Kengashi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi safida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

turizm

Baholaganlar

40

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing