O‘zbekistonda sigaretni donalab sotish taqiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda sigaretni donalab sotish taqiqlandi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonunda so‘z borgan.

Unga ko‘ra, sigaretni donalab yoki ochilgan (yaxlitligi buzilgan) holda sotish va sotib olish man qilinadi. 

Bundan tashqari, tamaki mahsulotlarini chekish taqiqlangan joylar ro‘yxati ham kengaytirilgan. Masalan, ko‘p qavatli uylarning yo‘laklari va liftlarida, shuningdek bolalar va sport maydonchalarida, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida, jumladan, umumiy ovqatlanish joylarida, kinoteatrlarda, teatrlarda, sirklarda, konsert, ko‘rik va ko‘rgazma zallarida, klublar, diskotekalar, kompyuter zallarida, muzeylarda, kutubxonalarda, yer osti o‘tish joylarida, metropoliten stansiyalarida, transport bekatlari va avtoturargohlarda, dorixonalarda, xiyobonlarda hamda boshqa joylarda tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish taqiqlangan. 

Shuningdek, tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish va chilim chekish uchun maxsus ajratilgan joylarga doir talablar ham ishlab chiqilgan. 

Mazkur qonun e’lon qilingan kundan 3 oy o‘tgach kuchga kiradi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 21 yoshga to‘lmaganlarga tamaki va alkogolli ichimliklar sotish taqiqlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

sigaret

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing