O‘zbekistonda restoranlarda to‘y o‘tkazishga ruxsat berilgan. Ammo tartib va talab bor

Jamiyat

image

O‘zbekistonda kuchaytirilgan karantin cheklovlari joriy qilinishi O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan to‘ylarni restoranlarda o‘tkazishga ruxsat berilgan. Ushbu qaror joriy qilning 30 sentyabr kuni qabul qilinib, 1 oktyabrdan kuchga kirgan. 

Bunda to‘yxonalarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan. 

Qaror bilan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga to‘y va boshqa marosimlarni xonadon, restoran va kafelarda o‘tkazish talabi va tartibiga (30 kishidan ko‘p bo‘lmagan) qat’iy rioya etish tizimini ishlab chiqish va nazorat qilish yuklangan. 

Shuningdek, qarorda zaruratga qarab, to‘y o‘tkazilayotgan restoran va kafelarga davlat soliq idoralari vakillarini ham biriktirish choralarini ko‘rish belgilangan. 

To‘y va va marosimlarni o‘tkazish talablariga rioya etilishi uchun fuqarolar yig‘ini raisi, profilaktika inspektori va davlat soliq idorasi vakili shaxsan javobgar etib belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

to'y

Baholaganlar

644

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing