O‘zbekistonda Ramazon oyining boshlanish sanasi e’lon qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda Ramazon oyining birinchi kuni 11 mart kuni boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘tgan haftada O‘zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va Ozarbayjon kabi turkiy davlatlar Fatvo hay’atlarining onlayn majlisi bo‘lib o‘tgan. 

Yig‘ilishda ulamolar va soha mutaxassislari tomonidan Ramazon oyi hilolini kuzatish bo‘yicha qilinayotgan ishlar, falakiy hisob-kitoblar, astronomik ma’lumotlar atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, dunyodagi yirik fatvo idoralari va nufuzli astronomiya institutlari axborotlari batafsil ko‘rib chiqilgan.

“Turkiy davlatlar ulamolari fiqhiy qoidalarga tayangan holda falakiy hisob-kitob va astronomik kuzatuvlarni e’tiborga olib, hijriy 1445 yil Ramazon oyining birinchi kuni milodiy 2024 yil 11 mart, dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida yakdil fikrga keldilar”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Tojikiston va Rossiyada ham Ramazon oyi 11 mart sanasidan boshlanishi ma’lum bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Ramazon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made