O‘zbekistonda pulli avtomobil yo‘llari paydo bo‘lishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekistonda avtomobillar uchun pulli yo‘llar paydo bo‘lishi mumkin. Tegishli qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Pulli avtomobil yo‘li bu – yuqori xizmat ko‘rsatish bilan birgalikda yuqori harakatlanish tezligi va transport vositalarining harakatlanish vaqtini sezilarli darajada tejashni ta’minlovchi, shuningdek, foydalanish pullik asosda amalga oshiriladigan avtomobil yo‘lidir.

Bildirilishicha, avtomobil yo‘llari sifatini yaxshilash va eng maqbul tezlik rejimidan foydalanish avtotransport vositalarining yonilg‘i sarfini taxminan 10-15 foizga kamaytiradi va harakatlanish vaqtini qisqartiradi.
Qonun loyihasida qayd etilishicha, pullik avtomobil yo‘llarining qurilishi va ekspluatatsiya qilinishining maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • yo‘l qurilishi sohasida davlat va xususiy boshqaruvni takomillashtirish;
  • yo‘l sohasiga investitsiyalarni, shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
  • yo‘l xo‘jaligi sohasida zamonaviy texnologiyalar va ishlab chiqarish sirlari(nou-xau)ni qo‘llash hamda xususiy sektor ko‘nikmalari va resurslari tizimini joriy etish orqali foydalanuvchilar hamda pullik avtomobil yo‘llariga tutash hududda yashovchi aholi uchun qulay va havfsiz yo‘l xizmati tizimini yaratish;
  • xalqaro va milliy standartlarga muvofiq tusiqsiz va yuqori tezlikda harakatlanish imkonini beruvchi avtomobil yo‘llari tarmog‘ini yaratish;

O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti mablag‘laridan samarali foydalanish.

Qonunga ko‘ra, Pullik avtomobil yo‘llari sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlariga O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi kiradi.
Bildirilishicha, yo‘l qoplamasining yaxshilanishi avtotransport vositalari va shinalarning yurish qismlar va pokrishkalar ishlash muddatini (taxminan o‘nlab foizga) oshiradi va natijada tegishli komponentlarni almashtirish xarajatlarini kamaytiradi.

Aytilishicha, foydalanuvchilarning xarajatlari to‘liq qoplanadi, negaki yaxshilangan yo‘l sharoitlari ijobiy ta’siri yo‘l haqi miqdoridan bir necha baravar yuqori bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston yo'l loyiha pulli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing