Futzal: O‘zbekiston Markaziy Osiyo derbisida qatnashadi

Sport

image

Kecha, 26 aprel kuni futzal bo‘yicha Osiyo kubogining yarim final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Finaloldi o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi Eron bilan kuch sinashib, penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdi.

Asosiy vaqtda 3:3 hisobi qayd etilgach, hakam ekstra taymlarga start berdi. Qo‘shimcha bo‘limlarda ham hisob o‘zgarmadi. Futzal lotoreyalarida esa Eron 5:4 hisobida zafar quchib, finalga yo‘l oldi.

Finalda forslar musobaqa mezbonlari Tailand bilan kuch sinashsa, Xose Venansio Lopes shogirdlari 3-o‘rin uchun o‘yinda qo‘shni tojikistonlik futzalchilarga qarshi maydonga tushadi.

Final va 3-o‘rin uchun bahslar 28 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Eron Osiyo kubogi Futzal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing